Nishon tuman ixtisoslashtirilgan maktab web sahifasiga Sizni ko'rib turganimizdan xursandmiz!
Bizning Yangiliklarimiz
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barcha ustozlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaydi!
Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻgʻil-qizlarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni zabt etadigan, yetuk salohiyatli, milliy gʻururi baland, Vatanga muhabbati cheksiz insonlar boʻlib ulgʻayishadi.
Olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, yutuq va zafarlar, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz! Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barcha ustozlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaydi!
Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻgʻil-qizlarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni zabt etadigan, yetuk salohiyatli, milliy gʻururi baland, Vatanga muhabbati cheksiz insonlar boʻlib ulgʻayishadi.
Olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, yutuq va zafarlar, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz!
Nishon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 27.09.2024-yil kuni maktab shaxmat birinchiligi o‘tkazildi.
🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Nishon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6 "A" -sinf oʻquvchilari tomonidan tashkil etilgan "Keling mehr ulashaylik" chellenj munosabati bilan 2-MTT ga tashrif buyurishdi.Tashrif davomida oʻquvchilar tomonidan turli xil yumshoq oʻyinchoqlar 2-MTT bolajonlariga sovgʻa qilindi.
✅ Maqsad: Yosh avlodni jamiyatimizda mehr-oqibatli, komil inson sifatida kattalarga hurmat bilan, kichiklarga izzat bilan munosabatda boʻladigan vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.baraka tilaymiz!
#Vatan_tayanchi_koʻkrak_nishoni
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi "Vatanparvar" bogʻida bugun viloyatdagi Prezident, Ixtisoslashtirilgan maktablarning bir qator oʻquvchilariga "Vatan tayanchi" koʻkrak nishonlari tantanali tarzda topshirildi.
Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rahbarlari va Agentlik tizimidagi maktab jamoalari,harbiy xizmatchilar, oʻquvchilar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Nishon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 20 nafar oʻquvchilari "Vatan tayanchi"bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga a'zo qilindi, ularga koʻkrak nishoni va a'zolik guvohnomalar tantanali tarzda taqdim etildi.