Nishon tumani ixtisoslashtirilgan maktab web sayitiga xush kelibsiz sizni ko'rib turganimizdan xursandmiz!
Nishon IM
Bizdagi so'ngi yangiliklarni shu yerdan topishingiz mumkun 👇
📚O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 23-avgustdagi 110-AF sonli buyrug'iga asosan "Yosh akademiklar" klubi tashkil etish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
📚Klub a'zoligiga ixtisoslashtirilgan maktabning iqtidorli o'quvchilari, olimpiada g'oliblari, tadqiqotchilikka qiziqishi yuqori bo'lgan o'quvchilardan arizalar qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qaroriga asosan, 14 ta Prezident maktabi tashkil etildi.
“Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–5188-son, 19.07.2021 y.) qabul qilindi. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi – Prezident ta'lim muassasalari agentligi etib qayta nomlandi. Qaror bilan Jamg'arma Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi. Vasiylik kengashi raisi — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti. Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzurida Iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi faoliyati yo'lga qo'yildi.
"Yangi o‘zbеkiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF-269-son, 21.12.2022 yil) qabul qilindi. Unga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuriga o‘tkazildi.
2022-yilda 14 ta Prezident maktablari Xalqaro Kembridj tashkilotining akkreditasiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, rasmiy “A Level” imtihon markazlariga aylangan bo‘lsa, 2023-yilda 6 ta (Toshkent, Jizzax, Buxoro, Andijon, Xiva va Navoiy) hududdagi Prezident maktablari SAT (akademik baholash testi) xalqaro sertifikati imtihonlarini o‘tkazadigan rasmiy markazlari sifatida tan olindi. O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi faoliyatining asosiy vazifalari va yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
Xalqaro (International Advanced Levels) dasturlar talablariga muvofiq o‘quvchi va pedagog kadrlarning STEAM fanlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni baholash hamda ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish; Agentlik tizimidagi maktablarni A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning elektron axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash, o‘quvchilarga mazkur kutubxonalardan keng foydalanishga imkoniyat yaratish; Agentlik tizimidagi maktablar o‘quvchilarini liderlik, tizimli tahlil qilish, kreativ va tanqidiy fikrlash, notiqlik san’ati, loyihalarni boshqarish ko‘nikmalariga o‘rgatish; Prezident maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularga keyinchalik o‘qishini davom ettirish uchun oliy ta’lim muassasalarini tanlashda ko‘maklashishga qaratilgan “Maktab maslahatchisi” (School Counsellor) dasturini joriy etish; malakali mutaxassislar, mentorlar (ustozlar), ekspertlar va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni jalb etgan holda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv IT ta’limni joriy qilish; ijod maktablarida o‘quvchilarning chet el adabiyotlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun “Yosh tarjimonlar to‘garagi”ni tashkil etish; ijod maktablarida veb-dizayn, kompyuter grafikasi, tasviriy va raqamli san’at, audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash hamda aktyorlik mahorati yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan to‘garaklarni ochish.
Hozirda faoliyat olib borayotgan 182 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda 63 ming nafardan ziyod oʻquvchilarga uch bosqichli tanlov natijalariga koʻra saralab olingan 7 ming nafardan ortiq oʻqituvchi taʼlim tarbiya berib kelmoqda. Tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda aniq fanlar (matematika, fizika, ingliz tili) va tabiiy fanlar (kimyo, biologiya, ingliz tili) bilan bir qatorda Oʻzbekiston tarixi fani chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishi hamda sunʼiy intellekt, robototexnika, agrotexnologiya, biotexnologiya, IELTS, TOEFL va SAT boʻyicha qoʻshimcha kurslar yoʻlga qoʻyildi. Iqtidorli yoshlarga bilim berish, oʻz bilimlarini amaliyotda qoʻllay bilishlari maqsadida har bir maktab fizika, kimyo va biologiya oʻquv fanlarining zamonaviy laboratoriya va robototexnika jihozlari, kimyoviy reagentlar bilan taʼminlangan. Faoliyati tashkil etilganidan uzoq muddat oʻtmaganligiga qaramay, ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari shu kunga qadar 23 turdagi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib jami 95 ta (11 ta oltin, 29 ta kumush, 55 ta bronza) medalni qoʻlga kiritdilar. 2022/2023 oʻquv yilida ixtisoslashtirilgan maktablarda amaliyotda qoʻllanilgan yangi taʼlim dasturlari, dars oʻtishning ilgʻor metodikalari va oʻquvchi bilimini baholashning zamonaviy usullari 2023/2024 oʻquv yilida respublika boʻylab 500 ta umumtaʼlim maktablariga joriy etildi. Bu amaliyot 2024/2025 o‘quv yilida yana 1000 ta umumtaʼlim maktabiga tatbiq etilishi rejalashtirilgan. Qisqa muddat davrda 2022/2023 oʻquv yilning oʻzida 3744 nafar 11-sinf bitiruvchilarning 3257 nafari (87%) oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan. Mirzo Ulugʻbek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari xalqaro bakalavriat (International Baccalaureate - IB) tashkiloti akkreditatsiyasidan oʻtkazilmoqda. Bu orqali bitiruvchilar maktabni bitirganlik toʻgʻrisidagi shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalariga kirish imkonini taqdim etuvchi xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi berilishiga erishiladi. Respublikamizdagi 182 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 15 tasida ta’lim qoraqalpoq tilida, Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim rus va o‘zbek tillarida qolgan barchasida ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi. Ixtisoslashtirilgan maktablarning 44 tasi maktab-internat bo‘lib, ushbu ta’lim dargohlarida o‘quvchilar 5 mahal issiq ovqat bilan bepul ta’minlanadi.